Jamoaviy ish
Aprel oyida Toshkentda HM Partners kompaniyasi vakillari ishtirok etgan “Business Quiz” keng ko‘lamli intellektual-ko‘ngilochar o‘yinining birinchi turi bo‘lib o‘tdi.
Bunday tadbirlar, shubhasiz, marketing, biznes, menejment, moliya va qonunchilik sohalaridagi bilimlarni sinab ko‘rish va “mamlakatning eng aqlli kompaniyasi” nominatsiyasida kurash olib borish uchun ajoyib imkoniyatdir .
👆 Ammo biz uchun boshqa bir narsa muhimroq: bunday biznes kvizlarda ishtirok etish jamoaviy ishlash mahoratini oshirish va jamoani yanada jipslashtirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Bundan tashqari, bunday norasmiy muhitda odam o‘zining yangi qirralarini namoyon qiladi, muayyan sohalarda chuqur bilimlarni yoki yetakchilik qobiliyatlarini kashf etadi 💪.
🤝 Shuning uchun biz HM Partners kompaniyasida bunday o‘yinlarda ishtirok etishdan doimo xursandmiz. Axir, bu yerda asosiy sovrin – bu ishtirok etishning o‘zidir.