HM Partners – Embras tanlovining bronza sovrindori boʻldi!

HM Partners – Embras tanlovining “Innovatsiyalar” nominatsiyasida eng yaxshi HR-loyihalarning bronza sovrindori boʻldi!

Bizning mehnatimiz yuksak baholanganidan bagʻoyatda mamnunmiz va oldinda bizni hali koʻplab yutuqlar kutayotganiga ishonamiz!

“Raqamli transformatsiya davrida HM Partners kompaniyalar guruhi bir joyda qotib turgani yoʻq. “KPI uchun vazifalarni belgilash va vakolatlarni baholash” platformasi bizning yana bir muvaffaqiyatli loyihalarimizdan boʻldi”, – dedi kompaniyamiz HR direktori Gavhar Safayeva. “Oʻlchanadigan koʻrsatkichlar xodimning unumdorligini oshiradi va unga yakuniy natijani teran koʻrgan holda qoʻyilgan maqsadlarga erishish imkonini beradi. Oʻz navbatida kompaniya uchun unumdorlikni oʻlchash hamda xodimlarga oʻsish va kamol topish uchun imkoniyat berish juda muhim hisoblanadi!” – deb soʻzini davom etdi HR direktor.

Shu bilan birga, ushbu sanada ish beruvchi brendi sohasiga doir sammit ham tashkil etilib, unda Gavhar Safayeva “Raqamlashtirish: tarafdor va qarshi” mavzusidagi munozaralarda HM Partners nuqtayi nazarida ilgari surdi.