HM Partners moslashish jarayoni

Tan olish kerakki, yangi kompaniyada ish boshlash har doim qiyin: yangi jamoa, yangi loyihalar va vazifalar, juda ko‘p tushunarsiz narsalar va buning natijasida kelib chiqadigan stress holatlari 🤯.
⠀
Biz HM Partners da yangi kelganlar uchun moslashish jarayonini qanday qilib iloji boricha osonlashtirish haqida uzoq o‘yladik, chunki biz shunchaki yirik kompaniya emas, balki kompaniyalar guruhimiz. Biz ushbu muammoni hal qilishning eng mukammal usullarini qidirdik va uni topdik 💪.
⠀
👍 Biz uchun yangi kelgan xodimning moslashishi oson kechishi, u barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishi va hamma savollariga javob olishi, eng muhimi esa, u hali bilmagan yoki tushunmagan narsalarini so‘rashdan tortinmasligi juda muhimdir.
⠀
Bularning barchasini hisobga olgan holda, biz Bitrix24 xizmatiga asoslangan elektron avtomatlashtirilgan moslashish jarayonini yaratdik, bu kundalik, standartlashtirilgan va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan vazifalar marafonidir 🧑🏻💻.
⠀
Jarayon oxirida xodim tanishish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganmi yoki u qayta o‘rganishdan o‘tishi kerakmi, ma’lum bo‘ladi.
⠀
Har bir bosqichda yangi xodimlarning samaradorligi va muvaffaqiyatini kuzatish imkoni bo‘ladi. Elektron formatning joriy etilishi bilan o‘qitish va moslashtirish yanada shaffof, tushunarli bo‘lib, inson omilining ta’siri va axborotning haddan tashqari ortiqchaligi imkon qadar kamaytiriladi 📈.
⠀
👌 Biroq, bu biz ustozlik bilan xayrlashdik degani emas! Yangi kelgan xodim doimiy ravishda «nazorat» ostida bo‘ladi: unga KPI va vakolatlarni baholashning elektron tizimini o‘rganishdan tortib, har bir bo‘lim va barcha qoidalar bilan tanishishgacha hamma jarayonni aytib va tushuntirib berishadi.
⠀
😊 Moslashish jarayoni – bu stress emas, balki yoqimli uchrashuv va tanishuvlar, yangiliklardir. HM Partners kompaniyasida biz oilamizning bir qismiga aylangan har bir kishida moslashuv jarayoni shunday bo‘lishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.